0

Toshkentda o‘quvchilar o‘rtasida ommaviy janjal yuz berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta maktab o‘quvchilarining o‘zaro janjallashayotganligi aks etgan video tarqaldi.

Toshkentda o‘quvchilar o‘rtasida ommaviy janjal yuz berdi

 

Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi

 

Unda aytilishcha, joriy yilning 28-sentabr kuni 94-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabining 9 va 10-sinf o‘quvchilari va 145-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabining 9-sinf o‘quvchilari Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali o‘zaro gap talashib qolishgan. So‘ng, ular shu kuni taxminan soat 13:20 larda Toshkent shahar Mirobod tumani "Amir Temur" ko‘chasida uchrashibб munosabatlarni hal qilishmoqchi bo‘lishgan. Mazkur uchrashuvga 20 nafarga yaqin maktab o‘quvchilari kelgan va ularning bir nechtasi o‘rtasida janjal boshlangan. 

 

Holatdan xabar topgan hududiy profilaktika inspektorlari A.Yo‘ldashbekov va T.Isamuxamedovlar zudlik bilan voqea joyiga yetib kelishgan va ularning aralashuvi bilan katta mojaroning oldi olingan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda. Natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi. 

 

Avvalroq Farg‘onada ikki guruh ishtirokidagi janjal to‘xtatib qolingandi.  Shuningdek, Qarshida bir guruh yoshlar o‘rtasida ommaviy janjal bo'lgandi.

 

Munojat Valiyeva

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Toshkentda o‘quvchilar o‘rtasida ommaviy janjal yuz berdi