Jahon

Gruziyaning sobiq prezidenti Saakashvili mamlakatga qaytganini eʼlon qildi

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili vataniga qaytganini Facebookdagi sahifasida eʼlon qildi.

Gruziyaning sobiq prezidenti Saakashvili mamlakatga qaytganini eʼlon qildi

 

 

 

Maʼlum bo‘lishicha, Saakashvili 27-sentabr kuni 2-oktabrga Tbilisiga chipta sotib olganini aytgan. Qayd etilishicha, shu kuni mamlakatda mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, u fuqarolarning xohish-irodasini himoya qilish, shuningdek, “Gruziyani qutqarishda” ishtirok etish niyatini bildirgan. U o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali o‘z harakatlariga quyidagicha izoh bergan:

 

“Xayrli tong, Gruziya, 8 yildan keyin Gruziyadaman. Bugun men siz bilan bo‘lish uchun tavakkal qildim. Tbilisida ko‘rishguncha!”  

 

 

Taʼkidlanishicha, Gruziya Ichki ishlar vazirligida uning mamlakat hududida ekani haqida maʼlumot yo‘q.

 

Maʼlumot o‘rnida: mamlakatda unga nisbatan bir nechta jinoiy ish qo‘zg‘atilib, bir necha bor qamoq jazosiga hukm qilingan. Hukumat Saakashvili qaytishi bilanoq hibsga olinishini bildirgan.

 

Avvalroq,  Gruziya bosh vaziri Mixail Saakashvili vatanga qaytsa, tezda qamoqqa olishini aytgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Unga ko‘ra, quruvchilar nolinchi sikl tugamaguncha uy-joylarni sotishi, ulushli ishtirok shartnomalarini tuzishi va loyihalarni reklama qilishi mumkin emas.

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bergan zarbalari bir nechta hududda elektr va suv ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi.

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bungacha eng ko‘p qizil kartochkalar soni 36 ta bo‘lgan.

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

Kompaniya ayrim buyurtmalarni bekor qiladi, qolganlarini esa boshqa omborlardan yetkazib beradi.

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Mohsen Rizoiy AQSh Eronning shartlarini to‘liq qabul qilganidan keyingina bo‘g‘oz ochilishini ma’lum qildi.

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

U saylov kampaniyasini Nyu-York meri Zohran Mamdani qo‘llagan uslubga yaqin tarzda olib borgan.

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Biroq yangi hukumatni shakllantirishda arab partiyalari bilan hamkorlik masalasi muxolifat ichidagi asosiy kelishmovchilik bo‘lib qolmoqda.

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Tahdidlar sabab ayrim samolyotlar zaxira aeroportlariga qo‘nishga majbur bo‘ldi, boshqalari esa manziliga yetib borgach tekshirildi.