Jahon

Gruziyada hibsga olingan Saakashvili ochlik eʼlon qildi

Vataniga qaytganidan so‘ng hibsga olingan Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili ochlik eʼlon qildi. U Ukraina konsuli bilan uchrashishni talab qilmoqda. Bu haqda Gruziya ombudsmani Nino Lomjariya sobiq prezident bilan uchrashuvdan keyin maʼlum qildi.

Gruziyada hibsga olingan Saakashvili ochlik eʼlon qildi

 

 

 “Men kirganimda, u (Saakashvili) shifokor oldida edi va tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgandi. Keyin bizga kamerada muloqot qilish imkoniyati berildi. Mixail Saakashvili ochlik eʼlon qilishini aytdi”, —  degan Lomjariya.

 

U Saakashvili o‘zini siyosiy mahbus deb hisoblayotganini qo‘shimcha qilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili kecha, 1-oktabr kuni vataniga qaytganida hibsga olindi.

 

Maʼlumot uchun, Mixail Saakashvili 2004-2013 yillarda Gruziya prezidenti bo‘lgan. Prezidentlik muddati tugashiga oz vaqt qolganida u mamlakatni tark etgan. Shundan so‘ng, unga nisbatan to‘rtta jinoiy ish ochilgan, ulardan ikkitasi bo‘yicha 2018-yilda  sud hukmi chiqarilgan. Hukmga ko‘ra, Tbilisi shahar sudi Saakashvilini 2006-yilda Gruziya Birlashgan banki xodimi Sandro Girgvliani o‘limida sirtdan uch yilga va o‘sha yilning iyun oyida 2005-yilda deputat Valeriy Gelashvilining kaltaklanishi ishi bo‘yicha olti yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi.

 

 Bundan avvalroq Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili qaytgani eʼlon qilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Unga ko‘ra, quruvchilar nolinchi sikl tugamaguncha uy-joylarni sotishi, ulushli ishtirok shartnomalarini tuzishi va loyihalarni reklama qilishi mumkin emas.

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bergan zarbalari bir nechta hududda elektr va suv ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi.

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bungacha eng ko‘p qizil kartochkalar soni 36 ta bo‘lgan.

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

Kompaniya ayrim buyurtmalarni bekor qiladi, qolganlarini esa boshqa omborlardan yetkazib beradi.

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Mohsen Rizoiy AQSh Eronning shartlarini to‘liq qabul qilganidan keyingina bo‘g‘oz ochilishini ma’lum qildi.

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

U saylov kampaniyasini Nyu-York meri Zohran Mamdani qo‘llagan uslubga yaqin tarzda olib borgan.

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Biroq yangi hukumatni shakllantirishda arab partiyalari bilan hamkorlik masalasi muxolifat ichidagi asosiy kelishmovchilik bo‘lib qolmoqda.

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Tahdidlar sabab ayrim samolyotlar zaxira aeroportlariga qo‘nishga majbur bo‘ldi, boshqalari esa manziliga yetib borgach tekshirildi.