Jamiyat

Namanganda bankomat 10 ming so‘m o‘rniga 50 ming so‘mlik kupyura chiqarayotgani bo‘yicha izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangandagi bankomatlardan biri plastik kartadan 10 ming so‘m yechib olib, 50 ming so‘mlik kupyura chiqargani tasvirlangan video tarqaldi. Mazkur holat bo‘yicha “Hamkorbank” АTB maʼlumot berdi.

Namanganda bankomat 10 ming so‘m o‘rniga 50 ming so‘mlik kupyura chiqarayotgani bo‘yicha izoh berildi

 

 

Qayd etilishicha, ushbu holat 27-sentabr kuni bankning Namangan mintaqaviy filialiga tegishli 24/7 rejimida o‘z‑o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi ofisda joylashgan bankomatda sodir bo‘lgan.

 

Video muallifining aytishicha, bankomat plastik kartadan 50 ming so‘m yechib olib, 10 ming so‘mlik kupyura chiqarib bergan. Shuningdek, qurilma 10 ming so‘m yechib olib, o‘rniga 50 minglik kupyura chiqargani namoyish etilgan.

 

Mazkur xatolik bankomatdagi 10 ming so‘mlik va 50 ming so‘mlik pul sotish kassetalari almashib qolgani natijasida yuzaga kelgan. Holat tezkorlik bilan o‘sha kunning o‘zida xatolik aniqlangandan so‘ng, 30 daqiqa ichida bartaraf etilgan.

Namanganda bankomat 10 ming so‘m o‘rniga 50 ming so‘mlik kupyura chiqarayotgani bo‘yicha izoh berildi | Zamon.uz