O‘zbekistonda 450 nafarga yaqin kishida koronavirus aniqlandi, 2 nafar bemor vafot etdi
So‘nggi kecha kunduzda yurtimizda 450 nafarga yaqin kishida koronavirus aniqlandi, kasallikdan 2 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanayev xabar berdi.


Qayd etilishicha, 2021-yil 3-oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 175715 (+448) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
14 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
12 nafari Andijon viloyatida,
9 nafari Buxoro viloyatida,
6 nafari Jizzax viloyatida,
5 nafari Qashqadaryo viloyatida,
4 nafari Navoiy viloyatida,
9 nafari Namangan viloyatida,
50 nafari Samarqand viloyatida,
9 nafari Sirdaryo viloyatida,
3 nafari Surxondaryo viloyatida,
27 nafari Farg‘ona viloyatida,
8 nafari Xorazm viloyatida,
114 nafari Toshkent viloyatida,
178 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 15 nafar,
Andijon viloyatida 12 nafar,
Buxoro viloyatida 9 nafar,
Qashqadaryo viloyatida 7 nafar,
Navoiy viloyatida 7 nafar,
Namangan viloyatida 17 nafar,
Samarqand viloyatida 58 nafar,
Sirdaryo viloyatida 11 nafar,
Surxondaryo viloyatida 6 nafar,
Farg‘ona viloyatida 26 nafar,
Xorazm viloyatida 10 nafar,
Toshkent viloyatida 117 nafar,
Toshkent shahrida 257 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 170872 (+552) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1249 nafarni tashkil qildi.
Avvalroq britaniyalik olimlar bosh og‘rig‘i koronavirusning yagona belgisi bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.







