Endi saylovchi o‘z ovoz berish uchastkasini o‘zi tanlashi mumkin
Xabaringiz bor, Prezidentlik saylovlariga oz muddat qoldi. Shu munosabat bilan fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida saylov uchaskalarini saylovchilarning o‘zi tanlashi mumkinligi ma’lum qilindi.


Qayd etilishicha, endilikda saylovchilar uydan chiqmagan holda, saylov.uz sayti orqali o‘z saylov uchasttkasini aniqlashi mumkin.
Agar saylov uchastkasi haqidagi maʼlumotlar saylovchining doimiy yoki vaqtincha yashash joyi manziliga to‘g‘ri kelmasa, u holda fuqaro my.gov.uz vositasida maxsus so‘rovnomani to‘ldirish orqali saylov uchastkasini o‘zgartirish bo‘yicha murojaat yuborishi mumkin.
Murojaat birinchi ish kunida ko‘rib chiqiladi.
Avvalroq saylov byulletining shakli va matni qanday ko‘rinishda bo‘lishi xabar qilingandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







