Jahon

Germaniya hukumati Afg‘onistonda qancha mablag‘ sarflagani maʼlum qilindi

Germaniya hukumati 2001-2021 yillar oralig‘ida Afg‘onistondagi harbiy missiya uchun 17.3 milliard yevro sarflagan. Bu haqda “DPA” agentligi xabar berdi.

Germaniya hukumati Afg‘onistonda qancha mablag‘ sarflagani maʼlum qilindi

 

 

Xarajatlarning eng katta qismi harbiylar taʼminotiga to‘g‘ri kelgan.

 

“2001-2021 yillarda Afg‘onistondagi operatsiyalarga qo‘shimcha 12.3 milliard yevro sarflangan. Bu asosan harbiy missiyaning kengaytirilishi tufayli bo‘lgan”, – deyiladi xabarda.

Shuningdek, Germaniya TIV  turli loyihalarga 2.48 milliard yevro ajratgan. Ammo bu xarajatlar TIV xodimlari taʼminoti va amaliyotlarini o‘z ichiga olmaydi. Bundan tashqari Germaniya iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot masalalari vazirligi Afg‘onistonga 2.46 milliard yevro, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi vazirligi 33 million yevro mablag‘ ajratgan.

 

Ushbu hisobotda Germaniya razvedkasi xarajatlari qayd etilmagan. Germaniya hukumatining maʼlum qilishicha, bu turdagi maʼlumotlarni oshkor qilish razvedka xizmatining faoliyatiga jiddiy to‘sqinlik qilishi mumkin.

 

Germaniya Afg‘onistondagi ishtirokini 2021 yil iyunida yakunladi. So‘nggi yillarda Afg‘oniston hududida mingga yaqin nemis harbiylari bo‘lgan. Ularning aksariyati harbiy maslahatchi vazifasini bajargan.

 

Bundan avval Rossiya TIV Afg‘onistonga asosiy yordamni AQSH berishi lozimligini maʼlum qilgandi. Shuningdek, Afg‘onistonda qancha bola to‘yib ovqatlanmasligi xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo‘ziyev

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Germaniya hukumati Afg‘onistonda qancha mablag‘ sarflagani maʼlum qilindi | Zamon.uz