Siyosat

"Har bir uchrashuvimiz tarixiy ahamiyatga ega muhim voqeadir" — Shavkat Mirziyoyev

Maʼlumki, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 4-oktabr kuni rasmiy tashrif bilan yurtimizga keldi.

"Har bir uchrashuvimiz tarixiy ahamiyatga ega muhim voqeadir" — Shavkat Mirziyoyev

 

 

Ko‘ksaroy qarorgohida Turmaniston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.

 

 

 

 

Marosimdan so‘ng Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov tor doirada uchrashuv o‘tkazdilar.

 

 

Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari Turkmaniston yetakchisini samimiy qutlab, 27-sentabr kuni nishonlangan bayram – ushbu mamlakat mustaqilligining 30 yilligi bilan yana bir bor muborakbod etdi hamda birodar turkman xalqiga tinchlik-osoyishtalik va farovonlik tiladi.

 

– Har bir uchrashuvimiz tarixiy ahamiyatga ega muhim voqeadir. Barcha erishilgan kelishuvlar hayotga tatbiq etildi va xalqlarimizga xizmat qilmoqda. Bugun sherikligimizning dolzarb masalalarini batafsil muhokama qilish va uzoq muddatli istiqbolga yangi “o‘sish nuqtalarini” belgilab olish uchun yaxshi imkoniyat bo‘ladi. Sizning tashrifingiz mintaqaviy va xalqaro maydonda hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi, - deb taʼkidladi Shavkat Mirziyoyev.

 

Turkmaniston Prezidenti mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yuksak darajaga yetganini qayd etdi.

 

– O‘zbekiston – bizning yaqin qo‘shnimiz va strategik sherigimiz. Keyingi yillarda hamkorlik jadal rivojlanib bormoqda. Bu siyosatda ham, savdo-iqtisodiy sohada ham, madaniy-gumanitar sohada ham o‘z aksini topmoqda. Mintaqaviy va xalqaro masalalarda bir-birimizni qo‘llab-quvvatlayapmiz. Chunki maqsadlarimiz hamohang, - dedi Gurbanguli Berdimuhamedov.

 

 

Uchrashuvda davlat rahbarlari ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik, o‘zaro ishonch va qo‘llab-quvvatlash tamoyillariga asoslangan ikki tomonlama munosabatlarning bugungi darajasini yuksak baholadilar. Yetakchilar O‘zbekiston-Turkmaniston ko‘p qirrali hamkorligida mavjud masalalarning butun doirasini muhokama qilib, konstruktiv siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratdilar.

 

Keyingi to‘rt yilda o‘zaro savdo hajmi uch barobarga ko‘payib, 400 million dollardan oshdi. Joriy yil boshidan tovar ayirboshlash yana 25 foizga ortdi.

 

Joriy yil 14-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 16-yig‘ilishi hamda 4 oktyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Turkmaniston iqtisodiy forumi natijalari o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy aloqalarni yana-da kengaytirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

 

Ikki mamlakatning, ayniqsa chegaradosh hududlari o‘rtasidagi hamkorlikning salohiyati ulkan ekani alohida taʼkidlandi. Turkmanistonning Lebap va Doshog‘uz viloyatlari rahbarlarining shu yil 22-sentabr kuni O‘zbekistonning Buxoro va Xorazm viloyatlariga do‘stlik tashriflari bunga misoldir. Prezidentlar bunday muntazam uchrashuvlar ikki mamlakat va xalq o‘rtasida o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga xizmat qilishini taʼkidladilar.

 

Suv xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikka yuqori baho berildi. Tomonlar 13-sentabr kuni Toshkentda Suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishi muvaffaqiyatli o‘tkazilganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

 

 

Mintaqa va xalqaro kun tartibi yuzasidan fikr almashildi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlarini muntazam o‘tkazish hamda joriy yil 6-avgust kuni Avazada o‘tkazilgan uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhim ekani taʼkidlandi.

 

Toshkentdagi muzokaralar mamlakatlarimiz va xalqlarimizning o‘zaro anglashuvi va jipsligining - bugungi kunda ro‘y berayotgan voqealar fonida ayniqsa muhim bo‘lgan jihatning navbatdagi tasdig‘i bo‘ldi.

 

 

 

 

 

 

 

Avvalroq Turkmaniston Prezidenti Toshkentga kelgani hamda Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedovning tor doiradagi muzokaralari boshlangani haqida xabar berilgandi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga amaliy tashrifini yakunlandi

Oʻzbekiston rahbarini Boku xalqaro aeroportida Ozarbayjon madaniyat vaziri Odil Karimli va boshqa rasmiylar kuzatib qoʻydi

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT-Habitat direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda barqaror urbanizatsiya sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Serbiya Prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda asosiy e’tibor bir qator sohalarda kooperatsiya dasturini ishlab chiqish masalalariga qaratildi.

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari uchrashuv o‘tkazdi

Yetakchilar transportga oid tashabbuslarni amalga oshirish va xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishni ham muhokama qildi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Butunjahon urbanizatsiya forumining ochilish marosimida ishtirok etdi

Oʻzbekiston Prezidenti forum doirasidagi Yetakchilar sammitida nutq so'zlashi kutilmoqda.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bokuga yetib bordi

Davlat rahbarini Haydar Aliyev nomidagi aeroportda rasmiylar kutib oldi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

Davlat rahbari Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasida ishtirok etadi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston rahbari bilan telefon orqali muloqot qildi

Suhbat avvalida O‘zbekiston yetakchisi Qozog‘iston Prezidentini tavallud kuni bilan tabrikladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"