O'zbekiston

Ko‘hna va zamonaviy O‘zbekiston Turkiya matbuoti nigohida

Turkiyada nashr etiladigan “Yazar” gazetasi sahifasida “Har bir inson ko‘rishi kerak bo‘lgan mamlakat: Beruniy, Naqshbandiy, Buxoriy va Termiziyning diyori – O‘ZBEKISTON” sarlavhali maqola chop etildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Ko‘hna va zamonaviy O‘zbekiston Turkiya matbuoti nigohida

 

 

Qayd etilishicha, Yevroosiyo turk jamiyatlari federatsiyasi rahbari Ismail Chengiz qalamiga mansub ushbu maqola butun turk dunyosi uchun ulkan qiymat va mazmun-mohiyat kasb etadigan zamonaviy O‘zbekistonning boy tarixiy va ilmiy-madaniy merosi atroflicha ochib berilgani bilan ahamiyatlidir.

 

“Movaraunnahrning uchta marvaridini o‘z ichiga olgan bu mamlakatning nomi – O‘zbekiston,  YUNESKOning “Jahon merosi ro‘yxati”ga kirgan Buxoro, Samarqand va Xivaga mezbonlik qilayotgan mamlakat - O‘zbekiston, Islom dinining maʼnaviy markazlaridan biri Buxoro, dunyoning ko‘zgusi, Sharq durdonasi Samarqand va Xiva shahri joylashgan yurt - O‘zbekiston sizni osmon osti muzeylari bilan o‘rta asrlarga olib boradi. Sizga Beruniy, Buxoriy, Termiziy, Ulug‘bek, Ibn Sino, Alisher Navoiy kabi buyuk olim va mutafakkirlari, ulamolari hamda adabiyot bo‘stoni darg‘alarini o‘z bag‘rida tarbiyalagan O‘zbekiston haqida hikoya qilamiz”, — deb yozilgan maqolada.

 

Taʼkidlanishicha, u har bir turkiy millat farzandi o‘zining zamonaviy dunyodagi buyuk o‘tmishi va o‘rnini teran va to‘laqonli anglashi uchun mamlakatimiz bag‘rida joylashgan muqaddas qadamjolar va diqqatga sazovor maskanlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rmog‘i lozim, deya O‘zbekistonning ko‘hna va boy madaniyatini targ‘ib qilgan.

 

Maqolada Anqara va Toshkent o‘rtasidagi strategik sheriklik aloqalari mustahkamlanayotgani, o‘zaro tovar almashish hajmlarining ortib borayotgani hamda madaniyat va taʼlim sohalaridagi hamkorlik tobora faollashayotgani singari masalalarga ham katta eʼtibor qaratilgan.

 

Shuningdek, “Sharqning uch marvaridi: Buxoro, Samarqand va Xiva”, “O‘zbekiston o‘z mustaqilligining 30 yilligini nishonlamoqda”, “O‘zbekiston tabiiy resurslarga boy mamlakat”, “Iqtisodiyot va tashqi siyosatdagi islohotlar”, “O‘zbekiston mustaqilligini tan olgan birinchi mamlakat — Turkiya” singari va boshqa qator muhim mavzularni qamrab olgan.

 

Maʼlumot uchun, Ismail Chengiz O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosiy rivojlanishida mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tutgan o‘rin haqida alohida qalam tebratgan.

 

Avvalroq Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasidagi nutqi Janubiy Koreya matbuotida chop etilgandi. Shuningdek, Prezidentning "Yangi O‘zbekiston" gazetasiga bergan intervyusi matni "El Mundo Financiero" xalqaro internet-nashrida ispan tilida hamda O‘zbekiston istiqlolining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlab bunyod etilgan “Yangi O‘zbekiston” bog‘i va Mustaqillik monumentining tantanali ochilishi  Janubiy Koreyaning "The Korea Post" jurnali sahifalarida chop etilgani haqida xabar berlgandi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Ko‘hna va zamonaviy O‘zbekiston Turkiya matbuoti nigohida | Zamon.uz