Jamiyat

Koronavirus: O‘zbekistonda 14 iyundan buyon eng past ko‘rsatkich — 304 nafar kishida aniqlandi

2021-yil 4-oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 176019 (+304) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Koronavirus: O‘zbekistonda 14 iyundan buyon eng past ko‘rsatkich — 304 nafar kishida aniqlandi

 

 

Yangi kasallanish holatlarining:


1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
13 nafari Andijon viloyatida,
8 nafari Buxoro viloyatida,
8 nafari Jizzax viloyatida,
5 nafari Qashqadaryo viloyatida,
3 nafari Navoiy viloyatida,
13 nafari Namangan viloyatida,
38 nafari Samarqand viloyatida,
11 nafari Sirdaryo viloyatida,
4 nafari Surxondaryo viloyatida,
27 nafari Farg‘ona viloyatida,
8 nafari Xorazm viloyatida,
42 nafari Toshkent viloyatida,
123 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

 

Kecha kun davomida:


Andijon viloyatida 13 nafar,
Buxoro viloyatida 8 nafar,
Jizzax viloyatida 4 nafar,
Qashqadaryo viloyatida 10 nafar,
Samarqand viloyatida 35 nafar,
Sirdaryo viloyatida 15 nafar,
Farg‘ona viloyatida 26 nafar,
Xorazm viloyatida 8 nafar,
Toshkent viloyatida 55 nafar,
Toshkent shahrida 116 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 171162 (+290) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.

 

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1251 nafarni tashkil qildi.

Koronavirus: O‘zbekistonda 14 iyundan buyon eng past ko‘rsatkich — 304 nafar kishida aniqlandi | Zamon.uz