Jahon

Donald Tramp eng boy amerikaliklar ro‘yxatidan joy ololmadi

AQSHning 45-prezidenti Forbes jurnalining chorak asrda birinchi marta eng boy amerikaliklar ro‘yxatiga kira olmadi.

Donald Tramp eng boy amerikaliklar ro‘yxatidan joy ololmadi

 

 

Qayd etilishicha, 400-o‘rindan joy olishi uchun unga “atigi” 400 million dollar yetmay qolgan.

 

Forbes baholashicha, Trampning boyligi 2,5 milliard dollarni tashkil etadi. Ammo bu yil “milliarderlar klubi”ga kirish “bahosi” 2,9 milliard dollarga  ko‘tarildi.

 

Birinchi o‘rin ketma-ket to‘rt yildan beri "Amazon" asoschisi Jeff Bezosga nasib qilmoqda. Uning kapitali bir yilda 22 milliard dollarga o‘sib, 201 milliardga yetdi. Ikkinchi o‘rinni 190,5 milliard dollar  boyligi bilan Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask egalladi. Uchinchi o‘rinda esa 134,5 milliard kapitali bilan Facebook asoschisi Mark Sukerberg qayd etildi.

 

Tramp Forbes‘ning 400 o‘rinli ro‘yxatidan tushib qolgan birinchi odam emas. U bilan birga mashhur teleboshlovchi Opra Uinfri, biznesmen va investor Ronald Perelman ham eng boy amerikaliklar ro‘yxatini tark etgan.

 

Reytingda 44 ta yangi familiya paydo bo‘lgan.

 

Avvalroq Facebook, WhatsApp va Instagram‘ning bir soat ishlamasligi jahon iqtisodiyotiga 161 million dollar zarar yetkazgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Sharofat Mahmudova

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"