Jamiyat

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining sobiq prorektori 2 mln dollarni talon-toroj qilganlikda gumonlanib, qidiruvga berildi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sobiq prorektori Nodir Fozilovich Idiyev qidiruvga berildi. U firibgarlikda ayblanmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining sobiq prorektori 2 mln dollarni talon-toroj qilganlikda gumonlanib, qidiruvga berildi

 

Maʼlum qilinishicha, ushbu fuqaro bunga qadar "Asaka bank" AJ Buxoro viloyati filialida ham faoliyat yuritgan va aynan shu yerdagi ishlari sabab qidiruvga berilgan. 2021-yilning iyulida "Asaka bank" AJ Buxoro viloyati filiali sobiq mansabdori "Osiyo taraqqiyot banki" mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan 2 million AQSH dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘larini soxta hujjatlar asosida firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan.

 

Buxoro shahar jinoyat-qidiruv bo‘limi boshlig‘ining aytishicha, Idiyevga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi bilan jinoiy ish ochilgan.

 

Avvalroq, Toshkentda o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlikda gumonlanayotgan shaxs qidirilmoqdaligi haqida xabar bergan edik.

 

 

Munojat Valiyeva

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining sobiq prorektori 2 mln dollarni talon-toroj qilganlikda gumonlanib, qidiruvga berildi | Zamon.uz