O‘zbekistonda 450 nafardan ortiq kishida kasallik qayd etildi, 4 nafar bemor vafot etdi
2021-yil 5-oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 176477 (+458) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.


Yangi kasallanish holatlarining:
6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
11 nafari Andijon viloyatida,
10 nafari Buxoro viloyatida,
11 nafari Jizzax viloyatida,
4 nafari Qashqadaryo viloyatida,
3 nafari Navoiy viloyatida,
7 nafari Namangan viloyatida,
27 nafari Samarqand viloyatida,
9 nafari Sirdaryo viloyatida,
6 nafari Surxondaryo viloyatida,
32 nafari Farg‘ona viloyatida,
6 nafari Xorazm viloyatida,
124 nafari Toshkent viloyatida,
202 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 8 nafar,
Andijon viloyatida 16 nafar,
Buxoro viloyatida 10 nafar,
Jizzax viloyatida 15 nafar,
Navoiy viloyatida 5 nafar,
Namangan viloyatida 2 nafar,
Samarqand viloyatida 41 nafar,
Sirdaryo viloyatida 115 nafar,
Surxondaryo viloyatida 16 nafar,
Farg‘ona viloyatida 34 nafar,
Xorazm viloyatida 6 nafar,
Toshkent viloyatida 121 nafar,
Toshkent shahrida 274 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 171825 (+663) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1255 nafarni tashkil qildi.







