Jamiyat

Qamchiq dovoniga quyuq tuman tushdi

Bugun kunning ikkinchi yarmida Qamchiq dovoniga quyuq tuman tushdi.

Qamchiq dovoniga quyuq tuman tushdi

Shu sababli Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi haydovchilarni ogohlantirdi. 

Unda qayd etilishicha, dovondan o‘tayotgan haydovchilardan ob-havo, tuman sharoiti va yo‘l namligini inobatga olib, tezlikni meʼyoridan oshirmaslik, oraliq masofani saqlash, yo‘lda eʼtiborli va ehtiyotkor bo‘lib harakat qilish so‘ralgan.

Bundan avval Qamchiq dovonida qor yoqqani haqida xabar berilgan edi. 

Qamchiq dovoniga quyuq tuman tushdi | Zamon.uz