Buxoroda xonadonida "kannabis" o‘simligi yetishtirgan fuqaroga chora ko‘rildi
Olingan tezkor maʼlumotlar asosida Buxoro tumani "Yangiturmush" mahallasida yashovchi, N.I. ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida, uning tomorqa yerida 5 tup "kannabis" (kanop) o‘simliklarini qonunga xilof ravishda ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.

Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.
Viloyat IIB Ekspert-kriminalistika bo‘limining sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasi buni tasdiqladi.
Mazkur holat yuzasidan N.I. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Farg‘onada olma bog‘ida "kannabis" yetishtirgan fuqaroga chora ko‘rilgani hamda Samarqandda "kannabis plantatsiyasi" topilgani haqida xabar bergan edik.
Munojat Valiyeva







