Sport

Dzyudo bo‘yicha sportchilarimiz 5 ta medalni qo‘lga kiritdi

Dushanbe shahrida dzyudo bo‘yicha Tojikiston Prezidenti kubogi uchun bo‘lib o‘tgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Dzyudo bo‘yicha sportchilarimiz 5 ta medalni qo‘lga kiritdi

 

 

Qayd etilishicha, Xalqaro turnirning 66 kg vazn toifasidagi bahslarda bellashgan Dilshodbek Yo‘ldoshev  jangda barcha raqiblarini yengib,  oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Shermuhammad Jandreyev o‘z vaznida kumush medal sohibiga aylandi. Shuningdek, Doston Meyliyev, Bekmurod Oltiboyev va Shohruhxon Baxtiyorov esa terma jamoamizga bronza medalini keltirdi.

 

Natijalarga ko‘ra, Kamol Muradov murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Tojikiston Prezidenti Kubogida 1 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza jamg‘ardi.

 

Avvalroq Tokio-2021 Paralipiya o‘yinlarida erkaklar o‘rtasidagi para dzyudo bo‘yicha Dovurxon Karomatov final bahsida medal olgani haqida xabar berilgandi.

 

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

U17-JCH: O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi musobaqani mag‘lubiyat bilan boshladi

U17-JCH: O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi musobaqani mag‘lubiyat bilan boshladi

Sergey Chigodayev shogirdlari o'yin yakuniga oz qolganda o'z darvozasidan to'p o'tkazib yuborib bir ochkodan mahrum bo'ldi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Saudiya Arabistonini mag‘lub etdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Saudiya Arabistonini mag‘lub etdi

Uchrashuvda Sherzod Esanov dubl muallifiga aylandi.

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

46 yoshli futbolchi Italiyaning “Ravenna” klubi safida “Forli”ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.