Jamiyat

Urganchda “DXM drive” xizmati  yo‘lga qo‘yildi

Urganch shahar DXM binosi yonidagi avtoturargoh hududida “DXM drive” xizmati sinov tariqasida ishga tushdi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi xabar berdi.

Urganchda “DXM drive” xizmati  yo‘lga qo‘yildi

 

 

Unda aytilishicha, endi qator xizmatlardan foydalanish uchun DXM binosiga kirish va navbat olishga hojat qolmaydi.  Avtotransport vositasidan tushmagan holda “DXM drive” xizmatidan foydalanib, ishingizni bitirishingiz mumkin.

 

Mazkur xizmat ham navbatlarning oldini oladi, ham fuqarolarga yengillik yaratadi. Undan bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga elektron navbatga ko‘yish, pensiya haqida maʼlumotnoma olish, nafaqa tayinlash, shuningdek, elektr, gaz va ichimlik suvi hisoblagichlarini plombalash kabi xizmatlar uchun  foydalanish mumkin.

 

 

Eslatma: ushbu xizmat hozircha sinov tariqasida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib,  haftaning dushanba va seshanba kunlari ishlaydi.

 

Bundan avval mobil ilovada elektron xizmatlar soni 100 taga yetkazilishi, yagona portal “my.gov.uz” orqali “tonirovka”ga ruxsatnoma olish boshlangani hamda endilikda aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilishi haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Urganchda “DXM drive” xizmati  yo‘lga qo‘yildi | Zamon.uz