Jamiyat

12-oktabrdan Тoshkentda isitish mavsumi boshlanadi

Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

12-oktabrdan Тoshkentda isitish mavsumi boshlanadi

 

Hokimlik qaroriga asosan, poytaxtdagi markazlashgan issiqlik taʼminotidan foydalanuvchi isteʼmolchilarni issiqlik bilan taʼminlash maqsadida, 12-oktabrdan ijtimoiy soha obyektlarini isitilishi boshlanadi.

 

14-oktabrdan ko‘p qavatli turar joy binolari muntazam isitishga o‘tkaziladi.

 

Avvalroq Toshkentning qator mavzelarida 23 iyuldan issiq suv taʼminoti vaqtincha o‘chirilishi haqida xabar berilgandi.

 

12-oktabrdan Тoshkentda isitish mavsumi boshlanadi | Zamon.uz