Kanselyariya tovarlari narxi bir oyda o‘rtacha necha foizga qimmatlashdi?
Davlat statistika qo‘mitasining maʼlumotlariga ko‘ra, gazetalar, kitoblar va kanselyariya tovarlari narxi bir oyda o‘rtacha 2,5 foizga qimmatlashgan.


Isteʼmol narxlari kuzatuvi maʼlumotlariga ko‘ra, sentabr oyida gazetalar, kitoblar va kanselyariya tovarlari narxlari avgust oyiga nisbatan oshgan.
Yil boshidan buyon gazetalar, kitoblar va kanselyariya tovarlari narxlari o‘rtacha 7,3 foizga, maktab daftari narxlari esa sentyabr oyida avgustga nisbatan o‘rtacha 3,1 foizga oshgan.
2020-yilda 1,6 ming tonna daftar ishlab chiqarilgan.
Bundan avval O‘zbekistonda talabalarning necha foizi qizlar ekanligi hamda 2021-yilning olti oyida yangi tashkil etilgan korxonalar 13 foizga o‘sgani haqida xabar qilingandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







