Jamiyat

Green Card haqida bilishingiz kerak bo‘lgan maʼlumotlar

AQSH davlat departamenti tomonidan har yili o‘tkaziladigan Green Card  lotoreyasi bu yil rasman 6 oktyabrdan boshlab o‘ynalmoqda. Ushbu jarayon 2021 yilning 9 noyabriga qadar o‘tkaziladi. G‘oliblar esa 2022 yilning may oyida eʼlon qilinadi. Zamon.uz sayti mavsumning dolzarb masalalaridan biri bo‘lgan Green Card  haqida bir qancha maʼlumotlar taqdim etadi.

Green Card haqida bilishingiz kerak bo‘lgan maʼlumotlar

 

Green Card nima?

Sodda qilib tushuntirganda — Green Card  lotereya. U AQSH tashqi ishlari bilan shug‘ullanadigan tashkilot – davlat departamenti tomonidan o‘tkaziladi. Ushbu lotereyada har yili  55 ming kishi g‘olib bo‘ladi va AQSHda ishlash imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

 

Green Card  nima uchun joriy qilingan?

AQSH — ko‘p millatli mamlakat va u dunyoning turli chekkalaridagi isteʼdodlarni yig‘ishga harakat qiladi. Bu mamlakat taraqqiyotining omillaridan biri. Green Card‘dan ko‘zlangan maqsadlardan biri ham shu.

G‘oliblik xuddi oddiy lotereyalardagi kabi aniqlanadi, yaʼni tasodifiy. Hammasi omadga bog‘liq.

 

Talablar qanday?

Green Card'da ishtirok etish uchun talabgorlar quyidagi maʼlumotlarni taqdim etishi kerak:

  • 18 yoshga to‘lgan bo‘lishi;
  •   Chet elga chiqish pasporti;
  • O‘rta maʼlumotga yoki kasbiy tayyorgarlik talab qilinadigan kasbda kamida ikki yillik tajriba;
  •   600x600 dan 1200x1200 pikselgacha bo‘lgan kattalikdagi rangli surat

 

Lotereyada ishtirok etish uchun https://dvprogram.state.gov  veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish lozim. Shundan boshqa barcha sayt va tashkilotlar soxta. Eng muhimi –– ro‘yxatdan o‘tish mutlaqo bepul.

 

Begona sayt va shaxslarga shaxsiy maʼlumotlaringizni taqdim etib, aldanib qolmang!

 

Jahongir Qo'ziyev

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"