O'zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti saylovi kampaniyasi — O‘mon OAV nigohida

O‘mon Sultonligining "Asdaa Oman" gazetasida "Saylovoldi tayyorgarlik ishlari yakunlangach, 24-oktabr kuni O‘zbekistonda Prezident saylovlari o‘tkaziladi" sarlavhali maqola chop etildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.

O‘zbekiston Prezidenti saylovi kampaniyasi — O‘mon OAV nigohida

 

 

Qayd etilishicha, gazeta muxbiri Ali al-Hasaniy tomonidan tayyorlangan materialda joriy yilning 24-oktabr kuni O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Prezident saylovi kampaniyasining borishi, mamlakatda va xorijdagi vakolatxonalar huzurida tashkil etilgan saylov uchastkalarida ovoz berish uchun yaratilayotgan sharoitlar va nomzodlar haqida batafsil axborot berilgan.

 

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Prezident saylovi kampaniyasi borasida muntazam maʼlumotlar berib borilmoqda.

 

Maqolada davlat rahbarligiga O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan partiya raisi Alisher Qodirov, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi siyosiy Kengashi raisi Bahrom Abduhalimov, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Maqsuda Vorisova, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Narzullo Oblamurodov nomzodlari ilgari surilgani qayd etilgan.

 

"Prezident saylovida qatnashish va uning o‘tkazilishini kuzatib borish uchun mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar bilan muvofiqlashtirish amalga oshirildi. Hozirgacha O‘zbekistonda bu yilgi saylovlarni yoritish uchun 930 dan ortiq mahalliy va xorijiy OAV vakillari ro‘yxatga olingan", — deb yozadi "Asdaa Omon" gazetasi.

 

Nashr o‘z o‘quvchilarini  O‘zbekiston saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar bilan ham tanishtirgan.

 

"O‘zbekiston Senati Prezident saylovini o‘tkazish sanasi bo‘yicha qonunga o‘zgartirish kiritishni maʼqulladi va unga muvofiq, dekabr oyidan oktabr oyiga ko‘chirildi", — deb taʼkidlaydi muallif.

 

Avvalroq saylov byulletenining shakli va matni tasdiqlangandi, Prezident saylovi jarayonlariga Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya xodimlari jalb etilgani, saylov byulletenlarini Brayl alifbosida tayyorlash taklif qilingani, MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov prezident saylovlarida qatnashadigan nomzodlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan talablarda o‘zgarish yo‘qligi xabar qilingandi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotganlar prezident saylovida qanday ishtirok etishi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish uchun 14 ta saylov okrugi tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilingani haqida xabar berilgandi.

custom img

Yangi terminal va 3,5 mln yo‘lovchi: Andijon aeroporti imkoniyatlari kengaytiriladi

Andijon xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilish loyihasining 1,1 trln so‘mlik ikkinchi bosqichi davom etmoqda. Yangi terminal ishga tushgach, aeroportning yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvati soatiga 1 ming nafargacha oshadi.

custom img

Qaysi hududda qaysi kasbga talab yuqori? Texnikumlarga qabul tahlil qilindi

O‘zbekistonda texnikumlarda eng talabgir kasb va mutaxassisliklar aniqlandi.

custom img

200 ming dollargacha: pul mukofotlari miqdori oshirildi

Xalqaro nufuzli shaxmat musobaqalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik shaxmatchilar hamda ularning trenerlari uchun bir martalik pul mukofotlari ko‘paytirildi.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"