Jamiyat

Transport sohasiga doir qonuniy hujjatlarga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi

Prezidentning “Fuqaro aviatsiyasi korxonalarini transformatsiya qilish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq hamda “Shovot-Qorao‘zak yangi temir yo‘l liniyasi hamda Amudaryo ustidan o‘tuvchi temir yo‘l va avtomobil yo‘li qo‘shma ko‘prigini qurish” investitsiya loyihasini o‘z vaqtida, muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Transport sohasiga doir qonuniy hujjatlarga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi

 

Jumladan, tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom, davlat xaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlangan, chegaralangan xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar, shuningdek, xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

 

Shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, agar asbob-uskunalar va butlovchi buyumlar yetkazib berish, shu jumladan, ularni uzoq muddatli ijaraga berish hamda ularning texnik xususiyatlari va o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda kechiktirilgan qarzlar uchun jarima olinmaydi. 

 

Bundan tashqari,  tashqi savdo kontraktlari va invoyslarga identifikatsiya raqamlarini berish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Xususan, tashqi savdo operatsiyalari turlari ro‘yxati quyidagi pozitsiyalar bilan to‘ldirildi:

 

20 – lizing asosidagi eksport shartnomalari;

 

21 – lizing asosidagi import shartnomalari;

 

Hujjatda kiritilgan izohga muvofiq, davlat xaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlangan, chegaralangan xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar, shuningdek, xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan xizmatlarning ro‘yxati havo kemalari va aviadvigatellarga texnik xizmat ko‘rsatish, taʼmirlashda qo‘llaniladigan hamda olib kiriladigan ehtiyot qismlar, detallar va sarflanadigan materiallarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval O‘zbekiston  va Rossiya harbiy mashg‘ulotlariga aviatsiya ham jalb etilishi haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Transport sohasiga doir qonuniy hujjatlarga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi | Zamon.uz