Eng dolzarb

Turkiyada yashayotgan o‘zbekistonliklar prezident saylovida qatnasha olishi uchun saylov uchastkasi tashkil etildi

Turkiyada yashayotgan o‘zbekistonliklar 24-oktabr kuni prezident saylovida qatnasha olishi uchun 44-saylov uchastkasi tashkil etildi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasi maʼlum qildi.

Turkiyada yashayotgan o‘zbekistonliklar prezident saylovida qatnasha olishi uchun saylov uchastkasi tashkil etildi

 

Qayd etilishicha, ushbu saylov uchastkasi Istanbul shahrining Beshiktosh tumani, “Levent” mahallasi, Lale ko‘chasi 8-uyda joylashgan.

 

Shuningdek, fuqarolarning o‘z konstitutsion huquqlaridan foydalanishlariga qulay sharoit yaratish maqsadida bosh konsulxona tomonidan quyidagi manzillarda muddatidan oldin ovoz berish tashkil etilmoqda:

 

  • 16-oktabr kuni Bursa shahridagi O‘zbekistonning faxriy konsulligi ofisi;

 

  • 17-oktabr kuni Istanbul shahri Fotih tumanidagi "Blu Marmaray mehmonxonasi" (Blue Marmaray Hotel);

 

  • 20-oktabr kuni Istanbul shahri Kadikoy tumanidagi “Turkpermit” firmasining ofisi.

 

Maʼlumot uchun, O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari mavjud bo‘lgan 38 ta davlatda 54 ta (55 ta dipvakolatxona, O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi bosh konsulxonasi va BMTdagi vakolatxonasida birgalikdagi) statsionar saylov uchastkasi tashkil etiladi. Qolaversa, ushbu davlatlarning 128 ta shahrida va diplomatik vakolatxonalar mavjud bo‘lmagan 11 davlatda qo‘shimcha ravishda jami 316 ta ko‘chma saylov punkti tayyorlanishi reja qilingan.

 

Diplomatik vakolatxonalardan to‘plangan maʼlumotlarga ko‘ra, chet eldagi saylovchilarning birlamchi ro‘yxati shakllantirilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘mon Sultonligining "Asdaa Oman" gazetasida "Saylovoldi tayyorgarlik ishlari yakunlangach, 24-oktabr kuni O‘zbekistonda Prezident saylovlari o‘tkaziladi" sarlavhali maqola chop etilgandi.

 

Avvalroq saylov byulletenining shakli va matni tasdiqlangani, Prezident saylovi jarayonlariga Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya xodimlari jalb etilgani, shunigdek, saylov byulletenlarini Brayl alifbosida tayyorlash taklif qilingani, MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov prezident saylovlarida qatnashadigan nomzodlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan talablarda o‘zgarish yo‘qligi xabar qilingandi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotganlar prezident saylovida qanday ishtirok etishi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish uchun 14 ta saylov okrugi tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilingani haqida xabar berilgandi.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"