Islom sivilizatsiyasi markazi binosi uchun sarflanayotgan mablag‘ miqdori ochiqlandi
Qayd etilishicha, Toshkent shahri Olmazor tumani hududida qurilayotgan O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi markazi qurilishi yuzasidan shartnoma imzolandi.

Unga ko‘ra, joriy yil 11-oktabr kuni Buyurtmachi – Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi hamda Pudratchi – “Trest-12” AJ o‘rtasidagi 2017-yil 27-dekabrdagi shartnomaga o‘zgartish kiritildi.
Shartnomada keltirilgan raqamlarga ko‘ra, mazkur markaz qurilishi uchun taxminan 1 trillion 723 milliard so‘m sarflanadi.
Shu bilan birga, o‘zbek milliy valyutasida ko‘rsatilgan mazkur mablag‘larni 2021-yil 12-oktabrdagi Markaziy bank kursi bilan hisoblaganda xorijiy valyutadagi miqdori 161,5 million dollarni tashkil qilmoqda.
Maʼlumot o‘rnida, ushbu qurilishda asosiy pudratchi hisoblangan “Trest-12” aksiyadorlik jamiyati taʼsischilari bir muddat avval jamoatchilik eʼtiboriga tushgan va jamiyat taʼsischilaridan ayrimlari qurilish vaziri Botir Zakirovning qarindoshlari bo‘lganligi sababli aksariyat yirik tenderlarda g‘olib chiqayotgani tanqid ostiga olingandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







