Andijonda ko'prikdan o'tish 1000 so'm(ми?)
Andijonda soyga ko‘prik qurib, aholini undan o‘tkazib qo‘yish “biznesi”ni yo‘lga qo‘ygan fuqaroning ushbu harakati sudda ko‘rib chiqildi.

Buloqboshi tumani hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning iyul oyidagi tabiiy ofat tufayli tumandagi “Aravonsoy” ko‘prigi yaroqsiz holatga kelib, ko‘prikdan foydalanish to‘xtatilgan.
Ammo 10-oktabr kuni "Bozorboshi" MFY Chilonzor ko‘chasida yashovchi 35 yoshli, muqaddam sudlangan N.Ismanov o‘zining noqonuniy hatti-harakati bilan soyga 2 ta yog‘ochdan ko‘prik yasab, odamlarni 1000 so‘m evaziga o‘tkazib qo‘yishni yo‘lga qo‘ygan.
Fuqaroning ushbu harakati tegishli tashkilоtlar tomonidan o'rganilib, Buloqboshi tumani sudida ko‘rib chiqildi.
Sud hukmiga ko‘ra, N.Ismanov MJtKning 183 va 200-moddalari bilan aybdor deb topilib, 7 sutkaga maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.
Qayd etilishicha, hozirda ko‘prik qurilishi va taʼmirlash ishlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chirchiq daryosi ustiga yangi ko‘prik qurilishi hamda Angor tumanidagi avariya holatidagi ko‘prik haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







