Jahon

Kanada afg‘on qochqinlarining katta qismini qabul qiladi

Kanada 40 ming afg‘on qochqinlarini qabul qilishni rejalashtirilmoqda. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Jastin Tryudo maʼlum qildi.

Kanada afg‘on qochqinlarining katta qismini qabul qiladi

 

 

"Kanada 40 ming afg‘onistonlik qochqinlarni qabul qiladi. Biz boshqa davlatlarni ham qochqinlarni xavfsiz joylashtirish bo‘yicha harakatlarni faollashtirishga chaqiramiz", — degan siyosatchi Twitter sahifasida.

 

Shuningdek, bosh vazir Ottava faqat o‘z harbiylariga yordam bergan qochqinlarni emas, mamlakat gumanitar dasturlariga mos keladigan afg‘onlarni ham qabul qiladi, degan.

 

Avgust oxirida Kanada immigratsiya masalalari vaziri Marko Mendichino mamlakat 5 ming afg‘on qochqinlarini qabul qilishini maʼlum qilgandi. Bundan oldin Ottavaning o‘zi 3.7 ming afg‘onistonlikni evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘lgan. So‘nggi ikki oyda Qatarga yana 100 dan ortiq Kanada fuqarolari va qochqinlar olib kelingan.

 

17-avgustdan boshlab Afg‘onistondan 100 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilingan. Xususan, birgina AQSHning o‘zi 60 ming kishini olib chiqib ketgan. Vashington 7-oktabrdan boshlab evakuatsiya jarayonlarini qayta tikladi.

 

Bundan avval Jozef Baydenni qutqargan tarjimon Afg‘onistonni tark etishga muvaffaq bo‘lgani va Erdo‘g‘an Afg‘oniston bo‘yicha ishchi guruh tuzishni taklif qilgani xabar qilingandi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"