Jamiyat

Samarqandda ko‘tarma kran qulab tushdi

Samarqandda ko‘tarma kran qulab tushdi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Samarqandda ko‘tarma kran qulab tushdi

 

 

Maʼlum qilinishicha, bugun, 13-oktabr kuni soat 14:30 larda Kattaqo‘rg‘on shahrining Ulug‘bek Barnoyev ko‘chasida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarni qurishda foydalanilayotgan ko‘tarma kran transporti yuk og‘irligini ko‘tara olmay, qulab tushgan.

 

Taʼkidlanishicha, hodisa oqibatida kran haydovchisi 1991-yilda tug‘ilgan N.T. shahar tibbiyot birlashmasiga yuborilib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi.

 

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Avvalroq mast erkak qurilish krani ustiga chiqib, nojo‘ya hatti-harakatlar qilgani haqida xabar berilgandi.

Samarqandda ko‘tarma kran qulab tushdi | Zamon.uz