O'zbekiston

Poytaxtimizda “Immunologiya”ga oid konferensiya ish boshladi

Bugun, 14 oktabr kuni “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida  "Immunologiya - XXI asr tibbiyotining asosi" xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasining ilk kuni boshlandi. Mazkur anjuman Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi institutining 35 yilligiga bag‘ishlanadi.

Poytaxtimizda “Immunologiya”ga oid konferensiya ish boshladi

 

 

Tadbirdan maqsad – immunologiya hamda zamonaviy tibbiy genetika asoslarining dolzarb muammolari va tendensiyalarini aniqlashdan iborat. Shuningdek, yig‘ilish mahalliy va xorijiy olimlarning tadqiqotlari, ilmiy-texnik ishlanmalari bilan tanishish, mutaxassislar o‘rtasida ilmiy va ishchi aloqalarni o‘rnatish, iqtidorli yoshlarni jalb qilish, istiqbolli ilmiy loyihalar ustida ishlashni ham o‘z ichiga oladi.

 

 

Anjuman oflayn va onlayn tarzda Toshkent va Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Konferensiya  davomida allergologiya bo‘yicha davra suhbatlari va munozaralar tashkil etiladi. Unda dunyoning 10 ga yaqin mamlakatlaridan 250 dan ortiq yetakchi ekspertlar, olimlar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etishadi. Konferensiya 3 kun, 14-16-oktabr kunlari o‘tkaziladi.

 

Maʼlumot uchun, institut 1985-yilda tashkil etilgan bo‘lib, u Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi. Unga asos solganlar — akademiklar Rem Petrov, Rahim Xaitov va O‘ktam Aripovlardir.

 

Institutning ilmiy salohiyatini 60 ta ilmiy xodim, shu jumladan, 16 ta fan doktori, 10 ta fan nomzodi va 1 ta akademik tashkil etadi. Bugungi kunda u mamlakatning yetakchi ilmiy muassasalaridan biri bo‘lib, immunologiya, allergologiya hamda inson genomikasi sohasida fundamental tadqiqotlar va ishlanmalarni olib boradi.

 

Bugungi kunda Yevropa Ittifoqi jamg‘armasi ko‘magida O‘zbekistondagi yagona xalqaro biobank tashkil etilgan. Unda hujayralar namunalari va Markaziy Osiyoda yashovchi xalqlarning DNK namunalari mavjud. Bu genetik panellarni har tomonlama o‘rganish va ishlab chiqish hamda surunkali kasalliklarning genetik pasportlarini yaratish imkonini berdi.

 

Avvalroq O‘zbekistonga saraton kasalliklarini davolashda yordam berilishi, ayrim tibbiy buyumlar ishlab chiqarish uchun litsenziya talab qilinmasligi hamda Toshkentning 11 tumanida bemorlarni koronavirusga qarshi davolash poliklinikalari tashkil etilgani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Porshen va avtomobil ehtiyot qismlari orasidagi narkotiklar: ikki kishi ushlandi

Porshen va avtomobil ehtiyot qismlari orasidagi narkotiklar: ikki kishi ushlandi

Surxondaryoda narkotik moddalarni avtomobil ehtiyot qismlariga yashirib olib kirish va qabul qilib olish bilan bog‘liq holat fosh etildi.

Dorilarni retseptsiz olish tartibi o‘zgardi: yangi mezonlar belgilandi

Dorilarni retseptsiz olish tartibi o‘zgardi: yangi mezonlar belgilandi

Endi ikki yoki undan ortiq faol moddali dorilar ham retseptsiz sotiladigan toifaga kiritililadi.

Shvetsiya ish beruvchilari o‘zbekistonlik kadrlarga qiziqmoqda:  qaysi sohalarga talab bor?

Shvetsiya ish beruvchilari o‘zbekistonlik kadrlarga qiziqmoqda:  qaysi sohalarga talab bor?

Kadrlar yetishmayotgan shimoliy hududlarida o‘zbekistonlik kadrlarni tayyorlash va ishga jalb etish masalasi muhokama qilindi.

Zangiotada elektrdan qarzdorlik sabab mashinalar xatlandi

Zangiotada elektrdan qarzdorlik sabab mashinalar xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaroning tokdan 3 mlrd so‘mdan ziyod qarzi mavjud bo‘lgan.

Namanganda MIB fermerdan 670 mln qarzdorlik undirdi

Namanganda MIB fermerdan 670 mln qarzdorlik undirdi

Ijro hujjatiga ko‘ra, fermer xo‘jaligidan elektr taʼminotchi korxonasi foydasiga 670 mln so‘m undirish belgilangan.

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka qarshi yangi talab: ish beruvchilar mas’ul bo‘ladi

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka qarshi yangi talab: ish beruvchilar mas’ul bo‘ladi

O‘zbekistonda shahvoniy shilqimlik tushunchasiga qonuniy ta’rif berildi va ish beruvchilarning bu boradagi majburiyatlari belgilandi.

Jismoniy shaxslar va kompaniyalar bankrotligi: endi maxsus agentlik kuzatib boradi

Jismoniy shaxslar va kompaniyalar bankrotligi: endi maxsus agentlik kuzatib boradi

Maxsus agentlik jismoniy shaxslar va tashkilotlarning to‘lovga qobiliyatsizligi jarayonlarini nazorat qiladi.

Sud qaroridan keyin ham foiz hisoblagan banklar pulni qaytaradi: Markaziy bank talabi

Sud qaroridan keyin ham foiz hisoblagan banklar pulni qaytaradi: Markaziy bank talabi

Tijorat banklari noqonuniy undirilgan kredit foizlari va jarimalarni qarz oluvchilarga qaytarishi shart.