Jahon

"Tolibon"  G‘arb davlatlaridan sanksiyalarni bekor qilishni so‘radi

"Tolibon" hukumati tashqi ishlar vaziri Amirxon Mutaqqiy G‘arb davlatlaridan sanksiyalarni bekor qilishni so‘radi. Mutaqqiy bu haqda Dohada, AQSH va Yevropa Ittifoqi vakillari bilan uchrashuvda aytib o‘tgan.

"Tolibon"  G‘arb davlatlaridan sanksiyalarni bekor qilishni so‘radi

 

 

"Tolibon" bosh diplomatining fikricha, amaldagi afg‘on hukumatining zaiflashuvidan AQSH va Yevropa ham manfaatdor emas. Sababi bu xavfsizlik va migratsiya bilan bog‘liq vaziyatni yana-da keskinlashtiradi. Shuningdek, sanksiyalarni bekor qilish orqali Afg‘oniston bank tizimi faoliyati va davlat xizmatchilariga maosh to‘lashni tiklashi mumkin.

 

"Tolibon"ning yana bir vakili, axborot va madaniyat vaziri vazifasini bajaruvchi Xayrulla Xayrxva ham AQSHni harakat rahbariyatiga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi. "Amerika "Tolibon" rahbariyatini terrorchilar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi nuqtayi nazarini qayta ko‘rib chiqishi kerak. Ular shu orqali Afg‘oniston hukumatiga bosim o‘tkazmoqda. Biz diplomatik uslublardan foydalanishni so‘raymiz, sababi bosim bilan hech narsaga erishib bo‘lmaydi", — degan vazir.

 

Xayrxva "Tolibon" barcha majburiyatlarini bajarib bo‘lganini, ammo xalqaro hamjamiyat bu borada qadam tashlamaganini maʼlum qilgan. Shuningdek, Afg‘oniston hududida ISHID tahdidi mavjud emasligi taʼkidlangan.

 

Bundan avval "Tolibon" rasmiy vakili Zabihullo Mujohid NATOni diplomatik tilda muloqot qilishga chaqirgandi. Shuningdek, Ozarbayjon prezidenti toliblar hukumatini eng avvalo Afg‘oniston qo‘shnilari tan olishi lozimligini aytgandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"