O'zbekiston

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlar — "The Korea Times" nigohida

O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchisi Vitaliy Fen ushbu mamlakatdagi yetakchi nashrlardan biri — "The Korea Times" gazetasi prezidenti O Yong Jin bilan uchrashdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlar — "The Korea Times" nigohida

 

 

Muloqot chog‘ida O‘zbekistondagi siyosiy-huquqiy va iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga bag‘ishlangan turkum maqolalarning "The Korea Times" gazetasi sahifalarida doimiy ravishda chop etilayotgani hamda ushbu mamlakat keng jamoatchiligiga yetkazilayotgani katta mamnuniyat bilan taʼkidlandi.

 

Qayd etilishicha, O Yong Jin O‘zbekiston elchixonasi bilan olib borilayotgan uzoq yillik hamkorlik samarasi o‘laroq, mamlakatimiz, uning xalqi va madaniyatiga nisbatan yuksak hurmat shakllanganini aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilgan tub islohotlar, izchil va faol tashqi siyosat respublikaning dunyo hamjamiyatida mavqeini yana-da oshirishga hissa qo‘shmoqda.

 

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlikni bundan-da faollashtirish, yurtimiz hayotidagi muhim tadbirlarni ushbu nufuzli nashrning sahifalarida keng yoritib borishga kelishib olindi.

 

Maʼlumot uchun, "The Korea Times" Janubiy Koreyada ingliz tilida chop etiladigan uchta yirik gazetalardan biri hisoblanadi. 1950-yilda asos solingan nashr har kuni 400 ming adadda chop etiladi. Gazeta nafaqat Janubiy Koreya, balki chet elda ham o‘z o‘quvchilariga ega. Nashr dunyoning qator yirik nashrlari bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatgan.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘mon Sultonligining "Asdaa Oman" gazetasida "Saylovoldi tayyorgarlik ishlari yakunlangach, 24-oktabr kuni O‘zbekistonda Prezident saylovlari o‘tkaziladi" sarlavhali maqola chop etilgandi.

 

Avvalroq Hindistondagi “Political Events” jurnali sahifasida “Yangi O‘zbekiston zamonaviy tashqi siyosatining xalqaro-huquqiy asoslari mustahkamlanmoqda” sarlavhali maqola bosilib chiqqani hamda “Yangi O‘zbekiston” bog‘i va Mustaqillik monumentining tantanali ochilishi Janubiy Koreyaning "The Korea Post" jurnali sahifalarida chop etilgani haqida xabar berilgandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlar — "The Korea Times" nigohida | Zamon.uz