Toshkentning ayrim hududlarida ichimlik suvi vaqtincha to‘xtatiladi
Toshkent shahrining ayrim hududlarida ichimlik suvi taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.


Ma'lum qilinishicha, ichimlik suvi tarmoqlarida kuzgi rejali profilaktik ishlar olib borilishi munosabati bilan Uchtepa tumani TXAY ko‘chasi bo‘ylab Izza ko‘chasidan Guliston ko‘chasigacha D-1200 mm bo‘lgan qismda 16-oktabr kuni soat 9:00 dan soat 19:00 gacha suv taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi:
– Izza mavzesida:
Ko‘p qavatli xonadonlar soni: 9 qavatli 4 ta.
Qurilish bozor.
– 12-tor Izza ko‘chasidan 20-tor Izza ko‘chasigacha:
Yerli xonadonlar soni: 400 ta.
– Qurilish ko‘chasida:
Avtomobillarga gaz quyish shaхobchasi.
— "Musaffo obi hayot" hududi.
Avvalroq kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik bo‘yicha katta hajmli suv o‘tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika-taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Toshkent shahrining baʼzi hududlarida ichimlik suvi bosimining pasayishi va vaqtincha bo‘lmasligi hamda 1 dekabrga qadar kommunal to‘lovlar uchun yagona raqam joriy etilishi haqida xabar berilgandi.







