O'zbekiston

Xalqaro media-xoll — Yangi O‘zbekiston yuzi — Akmal Saidov

Ayni paytda Respublika tarixidagi muhim siyosiy voqea – 2021 yil 24 oktyabrda o‘tkaziladigan O‘zbekiston Prezidenti sayloviga har jihatdan puxta hozirlik ko‘rilmoqda.

Xalqaro media-xoll — Yangi O‘zbekiston yuzi — Akmal Saidov

 

 

Dunyo tajribasidan yaxshi maʼlumki, saylovlarning shaffof, adolatli va xolisona o‘tkazilishi, avvalo, demokratik qadriyatlarning ustuvorligi, ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyati bilan bevosita bog‘liq.

 

Shu maqsadda O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tashabbusi bilan Xalqaro media xoll tashkil etildi. Kecha, 14 oktyabr kuni mazkur media-xollning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

 

Unda Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov, Markaziy Saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxodjayev, O‘zEOAVMA boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov, “Yuksalish” Umummilliy harakati rahbari Bobur Bekmurodov, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Sherzod Olimov ishtirok etdi.

 

Zayniddin Nizomxodjayev mazkur media-xollning ochilishi – saylov jarayonlarini yana-da ochiq va shaffof bo‘lishida muhim ahamiyatga egaligini taʼkidladi. Shuningdek, MSK raisi Xalqaro media xoll orqali yoshlarning siyosiy faolligi oshirishiga ishonch bildirdi.

 

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri birinchi o‘rinbosari Akmal Saidovning fikricha, Media-xoll yangi O‘zbekiston saroyi, koshonasi hisoblanadi. “Mening taklifim — Xalqaro media-xollning doimiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish zarur”, — dedi Saidov.

 

Shuningdek, tadbir davomida Respublikadagi yosh saylovchilar haqida maʼlumot berildi. O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Sherzod Olimovning maʼlum qilishicha, bu yil 880 ming nafar yoshlar ilk bor saylovda ishtirok etadi

 

Xalqaro media-xoll tadbirlarida 5 000 nafardan ortiq iqtidorli, faol yoshlar, ijodkor talabalar, yosh mutaxassislar ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, Xalqaro media-xoll kun tartibidan konsertlar, film taqdimotlari, qator madaniy dasturlar ham o‘rin olgan.

 

U 2021 yil 26 oktyabrga qadar faoliyat olib boradi.

 

 

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"