Jamiyat

Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida yil boshidan buyon 377 nafar chaqaloq dunyoga keldi — SSV

So‘nggi haftalarda O‘zbekistonda koronavirusga chalinish ko‘rsatkichlari nisbatan pasaymoqda. Ammo aholi COVID-19‘ga qarshi yetarli darajada emlanmagan bir sharoitda xastalik xavfi yuqoriligicha qolmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasidagi holatni o‘rgandi.

Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida yil boshidan buyon 377 nafar chaqaloq dunyoga keldi — SSV

 

 

Muassasa direktori Anvar Husanovning maʼlum qilishicha, 15-oktabr holatiga ko‘ra, bu yerda 1350 nafardan ziyod bemor muolaja olmoqda. Ulardan 39 nafari o‘ta og‘ir, 219 nafari og‘ir, 933 nafari o‘rta og‘ir holatda. Shuningdek, jonlantirish bo‘limlarida 170 nafar bemor shifokor va hamshiralarning doimiy nazorati ostida. 

 

 

Qayd etiliishicha, bolalar o‘rtasida ham kasallikka chalinish ko‘rsatkichlari, afsuski, hanuz yuqori. Buni muassasada 18 yoshgacha bo‘lgan 167 nafar o‘g‘il-qiz (jami bemorlarning 12,3 foizi) davolanayotgani ham tasdiqlaydi. Ulardan 3 nafari ayni paytda jonlantirish bo‘limida muolaja olmoqda. 

 

 

Taʼkidlanishicha, bemorlar orasida 122 nafar homilador ayol ham mavjud. Kecha bu yerda 2 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Natijada yil boshidan buyon Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasida tug‘ilgan go‘daklar soni 377 nafarga yetdi.

 

Bundan avval Zangiotadagi shifoxonalarga volontyorlar xayriya aksiyasiga qo‘l urgani, xususiy tibbiyot klinikalarida davolangan 31 nafar COVID-19‘ga chalingan bemor og‘ir ahvolga tushib qolgani hamda O‘zbekistonda farmatsevtikaga ixtisoslashgan yangi universtet tashkil etilishi haqida xabar berilgandi.

Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida yil boshidan buyon 377 nafar chaqaloq dunyoga keldi — SSV | Zamon.uz