Jamiyat

Uchko‘prik tumanida gaz tarmog‘idan noqonuniy foydalangan korxona  aniqlandi

Uchko‘prik tuman bo‘limi hamda “Hududgaz Farg‘ona” filiali hamkorlikda o‘tkazgan tadbirda tumandagi “K” MCHJga qarashli ohak ishlab chiqarish sexida tamg‘asi buzilgan gaz hisoblagich tarmoqqa ulangani aniqlandi. Bu haqda Prokuratura Departamenti xabar qildi.

Uchko‘prik tumanida gaz tarmog‘idan noqonuniy foydalangan korxona  aniqlandi

 

Ma'lum qilinishicha, hududiy gaz taʼminoti korxonasi manfaatlariga 247,7 million so‘m zarar yetkazilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Bundan avval Samarqandda gaz quyish shoxobchasi davlatga 1 milliard so‘m zarar yetkazgani va  shu hududda aholidan o‘marilgan gaz ballonlari qaytarilgani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Uchko‘prik tumanida gaz tarmog‘idan noqonuniy foydalangan korxona  aniqlandi | Zamon.uz