Yangiobod tumanida haydovchi avtohalokatdan vafot etdi
Yangobod tumani “Sohibkor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tuvchi “Savot- Dashtabod” yo‘lining 19-kilometrida 25 yoshli shaxs “Vaz” 21 011 rusumli avtoulovida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l transport hodisasi sodir etgan.

Oqibatda avtomashina ag‘darilib ketgan. Og‘ir jarohatlangan haydovchi tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan. Shifoxonada ko‘rsatilgan birinchi tibbiy yordamga qaramay haydovchi jonlantirish bo‘limida vafot etdi. Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Bundan avval “Xalq so‘zi" gazetasi jurnalisti YTHga uchragani hamda MMA jangchisi Murod Xonto‘rayev avtohalokatda vafot etgani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







