Jamiyat

Keksa ayolni chalg‘itib, pullarini o‘g‘irlagan fuqaroga chora ko‘rildi

Zarafshon shahrida yashovchi keksa Marina Ivanova nafaqaga chiqqach, uy joyini sotib, Rossiyada istiqomat qiladigan farzandlarining oldiga borishni rejalashtiradi.

Keksa ayolni chalg‘itib, pullarini o‘g‘irlagan fuqaroga chora ko‘rildi

 

Ayolning uyi 22 ming AQSH dollariga baholanib, uni Zarafshon shahrida istiqomat qiluvchi Aziz Arslonov sotib oladi va 20 ming AQSH dollarini bank orqali uning o‘g‘illariga jo‘natishda yordam ham ko‘rsatadi. Shundan so‘ng uy egasi Rossiyaga ketishi haqida aytganida: “O‘zim sizni Navoiy shahridagi Xalqaro aeroportiga kuzatib qo‘yaman”, — deb aerochipta sanasi yetib kelganida Aziz Arslonov mashinasida uy egasi bilan yo‘lga chiqadi.

 

Yo‘lda Aziz mashinasi buzilib qolganini vaj qilib, telefon chirog‘ini tutib turishini so‘raydi. Marina Ivanova chiroq tutib turgan paytda, mashina salonidan uskunalar olgan kabi bo‘lib, uning sumkasidan 3 140 AQSH dollarini olib qo‘yadi. Manzilga yetganda Marina Ivanova haq to‘lamoqchi bo‘ladi va “saxovatpesha haydovchi” bu ishni chin ko‘ngildan qilganini, pul to‘lash shart emasligini aytadi. Xursandchilikdan boshi ko‘kka yetgan ayol aeroportda tekshiruvdan o‘tayotganda pullari yo‘qligini biladi. U shu paytning o'zidayoq IIB TXTB xodimlariga xabar beradi. Tezkor guruh yordamida Aziz Arslonov o‘z vaqtida qo‘lga olindi.

 

Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Avvalroq, Turkiyaga kelin bo‘lgan o‘zbek qizi tillolarni o‘g‘irlab, uyidan qochib ketgani hamda qashqadaryolik soxta xaridor kassadagi pullarni o‘marib ketgani haqida xabar bergan edik. 

 

Munojat Valiyeva

Keksa ayolni chalg‘itib, pullarini o‘g‘irlagan fuqaroga chora ko‘rildi | Zamon.uz