Maktabda qizlar o‘rtasidagi o‘zaro janjal Qashqadaryoda bo‘lgani aniqlandi
Avvalroq maktabda qizlar o‘rtasida katta janjal bo‘lgani aks etgan videoxabar berilgandi.

Ammo voqea qayerda va qachon sodir etilgani nomaʼlumligi aytilgandi.
Ushbu holat Qashqadaryoda bo‘lgani ochiqlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar qildi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 20-sentabr kuni Chiroqchi tumani 2, 4 va 5-umumiy o‘rta taʼlim maktablari 9, 10, 11-sinfining 3 nafar o‘quvchilari, oldindan kelishmovchiligi bo‘lganligi sababli, 1-umumiy o‘rta taʼlim maktabi maʼmuriy binosiga borganligi, shu orada o‘zaro gaplashish vaqtida janjallashib qolishgan.
Mazkur holat yuzasidan 1-umumiy o‘rta taʼlim maktabida ichki ishlar organlari, xalq taʼlim bo‘limi va mahalla fuqarolar yig‘ini faollari hamda ota-onalar ishtirokida, janjalni kelib chiqish sabablari o‘rganilib, muhokama qilinmoqda.
Hozirda barcha o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi tartibida hujjatlar rasmiylashtirildi.
Avvalroq Toshkentda o‘quvchilar o‘rtasida ommaviy janjal bo‘lgani hamda Andijonda voyaga yetmagan shaxs uch tengdoshini pichoqlab qo‘ygani haqida xabar berilgandi.
Bahriniso Madumarova







