Eng dolzarb

Pokistonda saylovchilar muddatidan oldin ovoz bermoqda

Pokistonning Karachi shahri va unga tutash hududlarda doimiy asosda yashovchi va vaqtincha bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarining saylov huquqini taʼminlash uchun mamlakatimizning Islomoboddagi elchixonasi huzurida tashkil etilgan 28-saylov uchastkasi tomonidan muddatidan oldin ovoz berish jarayoni o'tkazildi.

Pokistonda saylovchilar muddatidan oldin ovoz bermoqda

 

 

 “Dunyo” axborot agentligining xabar berishicha, Karachi shahrida uyushtirilgan ko‘chma saylov punktida saylovchilar O‘zbekiston Prezidentligiga nomzodlar, ularning saylovoldi dasturlari, sohaga oid qonunchilik hujjatlari bilan tanishishi uchun barcha sharoitlar taʼminlandi.

 

Taʼkidlanishicha, tadbir mavjud epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya qilingan holda o‘tkazildi.

 

Saylovchilar qonuniy huquqlaridan foydalangan holda o‘zlari maʼqul deb topgan nomzodga ovoz berdi. 

 

Aga Xan nomidagi tibbiyot universiteti talabasi Nur-ul-Huda Shahansha ilk bor saylovda ishtirok etgani, o‘z ovozining mamlakatimizning keyingi taraqqiyoti uchun muhimligini anglashdan mamnun ekanini maʼlum qildi:

 

 

– Ilk bor saylovda qatnashar ekanman, buning naqadar masʼuliyatli jarayon ekanini, saylovdagi tanlovim davlatimiz kelajagiga taʼsir qilishini chuqur angladim. Yosh avlodning bir vakili sifatida bizga berilayotgan eʼtibor, yaratilayotgan sharoitlardan minnatdorman. Pokistonda yashayotgan O‘zbekiston yoshlari nomidan Vatanimiz kelajagi, uning keyingi taraqqiyotiga o‘z hissamizni qo‘shishga tayyorligimizni maʼlum qilaman. Kelgusida Pokistondagi o‘zbek yoshlarining yurtimizdagi tengdoshlarimiz bilan aloqalari chuqurlashishiga, birgalikda yangi marralarni zabt etishimizga umid qilaman.

 

Eslatib o‘tamiz, xorijdagi saylovchilar elektron ro‘yxatini tuzish uchun maxsus sayt ishga tushgan. O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatadigan 37 mamlakatda 54 ta statsionar saylov uchastkalari tashkil etish rejalashtirilgan. 

 

Avvalroq Niderlandiyada muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlangani, O‘zbekistondagi eng baland nuqtada joylashgan saylov uchastkasi hamda Turkiyada yashayotgan o‘zbekistonliklar uchun saylov uchastkasi tashkil etilgani xabar qilingandi.

 

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"