Sport

“PSJ” Ikardini Agueroga almashtirmoqchi

Parijliklar “Barselona” hujumchisi Serxio Aguero bilan shartnoma imzolash niyatida ekanini maʼlum qildi.

“PSJ” Ikardini Agueroga almashtirmoqchi

 

Xabarlarga ko‘ra, parijliklar italiyalik hujumchi Mauro Ikardini argentinalik futbolchiga almashtirishga tayyor. Klub argentinalik hujumchi Lionel Messi bilan Agueroni bir jamoada ko‘rishni xohlamoqda.

 

Bundan avval matbuotda Aguero “Barselona”ga “Manchester Siti”dan Messi bilan bir jamoada o‘ynash uchun ko‘chib o‘tgani va do‘sti Parij klubiga ketganidan so‘ng “Barselona” dan  ko‘ngli qolganini aytgani haqida xabarlar tarqalgandi. Qayd etilishicha, Ikardi hali Messi bilan munosabatlarni yaxshilay olmagan.

 

Serxio Aguero 17 oktyabr kuni Ispaniya chempionati doirasida “Valensiya”ga qarshi 9-tur uchrashuvida “Barselona” tarkibida debyutini o‘tkazdi. Ikardi esa joriy mavsumda Fransiya chempionatida 11 ta o‘yinda qatnashdi va 3 ta gol urdi.

 

Avvalroq “PSJ” “Fiorentina” dan Mbappega o‘rinbosar topgani va La Liganing ikki klubi bosh murabbiysiz qolgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

custom img

Isroil boykot qilindi: Pokiston Isroilga qarshi doskaga chiqmadi

Samarqandda o‘tayotgan 46-FIDE Jahon shaxmat Olimpiadasining birinchi turida Pokiston shaxmat federatsiyasi shaxmatchilarini Isroilga qarshi o‘ynatmadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"