Jamiyat

Toshkentda “Lacetti” va avtobus ishtirokida YTH yuz berdi

Toshkentda “Lacetti” va avtobus ishtirokida YTH yuz berdi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” axborot xizmati xabar bermoqda.

Toshkentda “Lacetti” va  avtobus ishtirokida YTH yuz berdi

 

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 18-oktabr kuni soat 06:30 larda Toshkent shahrida "4-Avtobus saroyi" haydovchisi K.F. “Mersedes-Bens” rusumli avtobusni 122-yo‘nalishda Choshtepa ko‘chasi bo‘ylab boshqarib borayotgan vaqtida, qayrilib olish jarayonida “Lacetti” rusumli yengil avtomobil avtobusning orqa qismiga kelib urilgan.

 

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, “Lacetti” haydovchisi boshqaruv vaqtida uxlab qolgan. Shu sababli, u boshqaruvni yo‘qotib, avtobusga urilgani aytilmoqda. Oqibatda, haydovchi tan jarohati olgan va shifoxonaga yotqizilgan.

 

Mazkur yo‘l-transport hodisasi o‘rnatilgan tartibda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati inspektorlari tomonidan rasmiylashtirilgan. 

 

Hozirda “Toshshahartransxizmat” AJ mutasaddi xodimlari tomonidan xizmat surishtiruvi o‘tkazilmoqda.  

 

Avvalroq Mirzo Ulug‘bek tumanida 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘lgani, Toshkentda yuz bergan avtohalokatda 10-sinf o‘quvchisi vafot etgani, Surxondaryoda baxtsiz hodisa oqibatida “Matiz” ag‘darilib ketgani hamda Namanganda yuk avtomobillari ishtirokidagi YTH oqibatida bir kishi vafot etgani haqida xabar berilgandi.


                                                                                                                                                                                        Shirin Xolmatova                                                                                                                                                                           

Toshkentda “Lacetti” va avtobus ishtirokida YTH yuz berdi | Zamon.uz