"Yangi O‘zbekiston" kitob albomining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Bugun Xalqaro media-xollda O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab chop etilgan "Yangi O‘zbekiston" kitob-albomining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur kitob-albom turli vazirlik va idoralar mutaxassislari, fotomuxbirlar hamda AOKA masʼul xodimlaridan iborat ijodiy jamoa tomonidan nashrga tayyorlandi.
Ushbu kitob-albomda istiqlol yillarida, ayniqsa, keyingi besh yilda yurtimizda yangi davlat va jamiyat qurish, хalqimiz qalbidan chuqur joy olgan Yangi O‘zbekiston g‘oyasini amalga oshirish yo‘lida olib borilayotgan ulkan ishlar haqida atroflicha hikoya qilinadi.
Yangi O‘zbekistonda ikkinchi jahon urushi g‘alabasi bilan bog‘liq muqaddas xotirani abadiylashtirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Shonli g‘alabaning 76 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston” nashriyotida “O‘zbekiston ikkinchi jahon urushi davrida“ nomli kitob-albomi tayyorlanib, o‘zbek va rus tillarida chop etildi.
— Ushbu kitob-albom 2020-yil nashr qilingan “O‘zbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasi” nomli kitob- albomining mantiqiy davomi bo‘lib, unda yangi bunyod etilgan “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi haqida hikoya qilinadi, — deydi O‘zbekiston eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi metodik markaz direktori Kozimxon Sagdullayev.
Unda, shuningdek, shonli sana munosabati bilanchop etilgan kitoblar, tadqiqot natijalari bo‘yicha maʼlumotlar o‘rin olgan. Zulfiya aya Zokirova, Mamadali Topivoldiyev, Ahmadjon Mamajonov, Karimjon Isoqov kabi qahramonlarning avlodlari dil so‘zlari ham berilgan bo‘lib, ularda xalq jasoratiga ko‘rsatilayotgan ehtirom uchun minnatdorlik bildirilgan.
Kitob-albomning “Yangi arxiv hujjatlari” bo‘limidan O‘zbekistonga taqdim etilgan Rossiya mudofaa vazirligi markaziy arxivida saqlanayotgan general-mayyor Sobir Rahimovning shaxsiy yig‘ma jildidagi hujjatlar, O‘rta Osiyo Harbiy okrugiga taalluqli materiallar o‘rin olgan.
Xalqimizning yaqin o‘tmishidagi shonli tarixi, yengilmas irodasi va matonati, bashariyatni fashizm balosidan xalos etishga qo‘shgan ulkan hissasi haqida hikoya qiluvchi ushbu nashr yurtimizda inson xotirasi aziz va muqaddas ekanini nаmoyon etish bilan birga, har birimizni bugungi tinch va osuda hayotni qadrlab yashashga daʼvat etadi.
Munojat Valiyeva







