Eng dolzarb

Saylovda O‘zLiDeP nomzodi g‘olib bo‘lsa, poytaxt qanday o‘zgarishi ma'lum bo'ldi

Tahlillarga ko‘ra, 2026 yilga borib, poytaxt aholisi 3,2 million nafardan ortishi kutilmoqda. Yana yarim milliondan ziyod odam kuniga shaharga kelib ketadi. Bu esa shahar infratuzilmasi, taʼlim, tibbiyot, jamoat transporti, uy-joy kommunal va boshqa barcha sohalarda yuklamaning ancha oshishiga olib kelishi, tabiiy. Shularni inobatga olgan holda kelgusi besh yilda Toshkent shahrini rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlandi.

Saylovda O‘zLiDeP nomzodi g‘olib bo‘lsa, poytaxt qanday o‘zgarishi ma'lum bo'ldi

 

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashuvda alohida taʼkidladi.

 

Qayd etilganidek, kelgusi besh yilda “Toshkent yashash uchun qulay yashil shahar”, “Biznes uchun ulkan imkoniyatlar shahri”, “Mintaqaviy investitsiyalar markazi”, “Raqamli poytaxt”, “Bilim va innovatsiyalar shahri”, “Poytaxt – madaniyat va maʼrifat bulog‘i”, “Sog‘lom turmush va sifatli tibbiyot” dasturlari amalga oshiriladi.

 

Bundan tashqari:

➖ eski ko‘p qavatli uylar o‘rniga, zamonaviy turar-joylarni barpo etish bo‘yicha “renovatsiya dasturi” amalga oshiriladi.  Ko‘p qavatli uy-joylardagi 3 mingdan ortiq yaroqsiz liftlar yangisiga almashtiriladi.

➖ Qurilish maydonlarida changni bostiruvchi zamonaviy usullar va texnologiyalar keng joriy qilinadi. Har bir tumanda sayilgoh hamda shahar bo‘yicha 25 ta “yashil hudud” tashkil etiladi.

➖ 21 ta yo‘l o‘tkazgichlar quriladi. Yer usti halqa metropoliteni yo‘lining 7 ta bekatdan iborat “Qo‘yliq-Qipchoq” uchastkasi yakuniga yetkaziladi. 90 ta yangi metro poyezdlari olib kelinadi.

➖ 400 ta avtobus, 700 ta elektrobus olib kelinadi. 200 ga yaqin avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi.

➖ 50 ta quvvatlash stansiyasi va boshqa infratuzilmalar yaratiladi.

➖ 575 ta mahallaga 10 milliard so‘mdan mablag‘ ajratiladi. Ular dolzarb ijtimoiy loyihalarga va mahallada bandlikni taʼminlash, kichik va oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

➖ poytaxt biznes muhitini yaxshilash doirasida “O‘zekspomarkaz” hududida toshkent xalqaro moliyaviy markazi barpo etiladi.

➖ 14 milliard dollarlik 2 mingga yaqin investitsiya loyihalari amalga oshirilib, 250 mingta yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi.

 

Avvalroq Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev kelgusi besh yilda poytaxtda internet tezligini besh barobarga oshirish rejalashtirilgani hamda Yangi tariximizda ilk bor og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatiga Toshkent mezbonlik qilishi haqida xabar berilgandi.

 

Bahriniso MADUMAROVA

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"