Jamiyat

Toshkent shahar bosh imom-xatibi o‘zgardi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmatining xabar berishicha, Toshkent shahriga yangi bosh imom-xatib tayinlangan.

Toshkent shahar bosh imom-xatibi o‘zgardi

 

Xabarda aytilishicha, Toshkent shahri Yunusobod tumani bosh imom-xatibi va "Mirza Yusuf" jome masjidi imom-xatibi Sayfuddinov Rahmatulloh ushbu vazifaga tayinlangan.

 

Sayfuddinov Rahmatulloh ish faoliyati davomida Toshkent shahridagi "Xo‘ja Alambardor", "Minor" jome masjidi imom-xatibi va shu kunga qadar Toshkent shahri Yunusobod tumani bosh imom-xatibi va "Mirza Yusuf" jome masjidi imom-xatibi vazifalarida mehnat qilayotgan edi.

 

Avvalroq,  Nuriddin domla Xoliqnazarov O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga saylangani haqida xabar bergan edik.

Toshkent shahar bosh imom-xatibi o‘zgardi | Zamon.uz