G‘allaorolda mast fuqaro hamqishlog‘ini pichoqlab qo‘ydi
G‘allaorol tumani "Gulchambar""qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi I.K. hamqishlog‘i N.N.ni pichoqlab qo‘ydi.

Maʼlum bo‘lishicha, N.N. va I.K. o‘rtasida kelishmovchilik bo‘lgan. Alamzada bo‘lgan N.N., I.K.ning xonadoniga mast holda kelib, janjal ko‘targan. “Nimaga uyimga kelib, janjal qilasan", degan vaj bilan I.K. qishloqdoshini chap ko‘kragiga pichoq urib, jarohatlagan. Jabrlanuvchi ko‘kragi kesilgan jarohat, mastlik va postravmatik shok tashxisi bilan shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Voqea yuz bergan vaqtda ayblanuvchi ham mast holatda bo‘lgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bundan avval Suxondaryoda qayniuka pochchasidan qasd olish uchun uning akasini pichoqlagani hamda Qashqadaryoda 60 yoshli erkak sharʼiy nikohdagi to‘rtinchi xotinini pichoqlab o‘ldirgani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







