Jamiyat

Toshloqda tomida marixuana saqlagan shaxs ushlandi

"Qumariq" MFY hududida yashovchi E.Sh.ning  yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv jarayonida xonadonning tom qismidan qora sellofan paketga o‘ralgan o‘tkir hidli  marixuana giyohvandlik moddasi yashirilgani aniqlandi.

Toshloqda tomida marixuana saqlagan shaxs ushlandi

 

Ushbu modda daliliy ashyo tariqasida olinib, tegishli tartibda hujjatlashtirildi.

 

Holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi (giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

 

Bundan avval  Samarqandda giyohvand moddalarni sotayotgan 66 yoshli shaxs qo‘lga olingani  hamda Dehqonobodda marixuana oldi-sotdisi bilan shug‘ullanadigan  og‘ufurush ushlangani haqida xabar berilgandi.

 

Munojat Valiyeva