Sport

Yevropaning o‘ndan ortiq davlati FIFAni tark etmoqchi

Yevropaning o‘ndan ortiq assotsiatsiyasi har ikki yilda bir marta jahon chempionatini o‘tkazish rejasi eʼlon qilinganidan so‘ng Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tarkibidan chiqishni o‘ylamoqda.

Yevropaning o‘ndan ortiq davlati FIFAni tark etmoqchi

 

Eslatib o‘tamiz, FIFA  milliy federatsiyalarga har ikki yilda bir marta jahon chempionatini o‘tkazish  haqida hujjat tarqatgan edi. O‘zgarishlar 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin qabul qilinishi taklif qilinmoqda. Xabarlarga ko‘ra, yaqin kelajakda Yevropaning o‘nga yaqin assotsiatsiyasi FIFAni tark etishni rejalashtirmoqda.

 

19 oktabr kuni FIFA rahbari Janni Infantino har ikki yilda bir marta jahon chempionatini o‘tkazish g‘oyasining asosiy afzalliklari nimada ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2026 yildan boshlab jahon chempionati 48 davlat ishtirokida o‘tishi allaqachon hal qilingan masala bo‘lib, jahon chempionatini har ikki yilda o‘tkazish masalasi esa hali muhokama qilinmoqda.

 

Avvalroq UEFA Angliyani jazolamoqchi ekanligi va FIFA afg‘onistonlik futbolchilarni evakuatsiya qilmoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

custom img

Javohir Sindarov dunyoning 2-raqamli shaxmatchisiga aylandi

O‘zbekistonlik grossmeyster tezkor shaxmat reytingida birdaniga to‘rt pog‘ona yuqorilab, 2742,6 ochko bilan ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

custom img

Messi Ispaniyaning “Eldense” klubini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Argentinalik futbol yulduzi Ispaniya professional futbolidagi investitsiyalarini kengaytirmoqda.

custom img

Sindorov — Karlsen: bugun shaxmat olamida katta to‘qnashuv

Sindorov yetakchiligidagi “FYERS American Gambits” jamoasi bugun Magnus Karlsen sardorligidagi “Alpine APL Pipers”ga qarshi bahs olib boradi.

custom img

Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Futbolchi otasi Xorxe Messining vafotidan so‘ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlash qarori qat’iylashganini bildirdi.

custom img

US Open: Kamilla Rahimova dunyoning 29-raketkasini mag‘lub etdi

Teng kurashlar ostida o‘tgan birinchi set 7:6 hisobida Rahimovaning g‘alabasi bilan yakunlandi.

custom img

O‘zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilar ilk bor jahon chempioni bo‘ldi

Kumush medal Germaniya, bronza medal AQSH terma jamoasi vakillariga nasib etdi.

custom img

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"