Boks bo‘yicha navbatdagi jahon chempionatida O‘zbekiston sharafini kimlar himoya qilishi ma'lum bo'ldi
Ayni daqiqalarda "Orient Finance Bank" bosh ofisida 25-okyabr - 6-noyabr kunlari Serbiya poytaxti Belgrad shahrida bo‘lib o‘tadigan boks bo‘yicha jahon chempionati oldidan sportchilar va ularning murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu anjumanda boks bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etadigan o‘zbekistonlik sportchilar nomi maʼlum qilindi:
1. 48 kg - Nodirjon Mirzahmedov
2. 51 kg - Hasanboy Do‘smatov
3. 54 kg - Shahobiddin Zoirov
4. 57 kg - Mirazizbek Mirzahalilov
5. 60 kg - Abdumalik Halakov
6. 63 kg - Mujibullo Tursunov
7. 67 kg - Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev
8. 71 kg - Shahram G‘iyosov
9. 75 kg - Saidjamshid Jafarov
10. 80 kg - Odiljon Aslanov
11. 84 kg - Shohjahon Abdullayev
12. -92 kg - Madiyor Saidrahimov
13. +92 kg -Lazizbek Mullajonov.
Jamshidbek Amirov







