Sport

Diyorbek O‘razboyevning “Rio-2016” dagi medali bekor qilindi...mi?

Kecha dzyudo bo‘yicha “Rio-2016” Olimpiadasining bronza medali sohibi, Osiyo o‘yinlari g‘olibi, jahon va Osiyo chempionatlari sovrindori, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi Diyorbek O‘razboyevdan olingan doping tahlilda taqiqlangan modda aniqlangani haqida xabar berilgandi.

Diyorbek O‘razboyevning “Rio-2016” dagi medali bekor qilindi...mi?

 

Unda Diyorbek O‘zbekiston Milliy antidoping agentligining «Milliy test ro‘yxati»ga kiritilgan bo‘lib, rejali tarzda doping-nazoratidan o‘tishi belgilangan. Joriy yilning 6 may kuni sportchidan musobaqadan tashqari davrda doping-sinama olingan. Tekshiruv natijasida sportchi tomonidan Butunjahon antidoping kodeksi va O‘zbekiston Milliy antidoping qoidalarining 2.1-moddasida ko‘rsatilgan antidoping qoidabuzarligi sodir etgani, yaʼni taqiqlangan “Meldonium” moddasi isteʼmol qilgani aniqlangan.

 

“Meldonium” taqiqlangan moddalar ro‘yxatining S4. Gormonlar va metabolizm modulyatorlari sinfiga kiradi. Buning natijasida O‘razboyev 3 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi. Chetlatish muddati 2021 yil 16 avgustdan 2024 yil 15 avgustga qadar etib belgilangan.

 

Dzyudochi diskvalifikatsiya muddati tugagunga qadar Butunjahon antidoping kodeksi va O‘zbekiston Milliy antidoping qoidalarining 2.1-moddasida belgilanganidek, xalqaro va milliy toifadagi musobaqalarda ishtirok etishi taqiqlanadi.

 

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi ushbu xabar yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi. Diyorbek O‘razboyev milliy terma jamoa aʼzosi sifatida oxirgi ishtirok etgan musobaqasi 2021 yilning 18-20 fevral kunlariga to‘g‘ri keladi. U shu sanada Tel-Aviv (Isroil)da o‘tgan «Katta Dubulg‘a» turnirida qatnashgan.

 

Ushbu musobaqadan keyin bir necha bor o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga taklif qilinishiga qaramay, ishtirok etishni istamagan. Bu borada uning o‘zi ham, oila aʼzolari ham ogohlantirilgan. O‘zi bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan. Vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarmasa, milliy terma jamoadan chetlatilishi bo‘yicha ogohlantirish berilgan.

 

 Diyorbek Baxtiyor o‘g‘li 2021 yilning fevralidan to shu kungacha dzyudo bilan shug‘ulanmay kelayotgani, tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari, xalqaro musobaqalarda ishtirok etmayotgani sababli O‘zbekiston milliy terma jamoasi aʼzoligidan chiqarilgan.

 

Unda aytilishicha, doping-tahlil O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi  tomonidan olingan bo‘lib, Diyorbek O‘razboyevning “Rio-2016” Olimpiadasidagi medaliga hech qanday taʼsir o‘tkazmaydi.

 

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Diyorbek O‘razboyevning “Rio-2016” dagi medali bekor qilindi...mi? | Zamon.uz