Lombardlar endi Markaziy bankdan litsenziya olmasdan o‘z faoliyatini boshlashi mumkin
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, lombardlar Markaziy bank tomonidan litsenziyalanadigan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarildi. Endi ular o‘z faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshiradi.
Maʼlumot o‘rnida: lombardlar omonatlarni qabul qilishi taqiqlangan (ruxsat berilmagan). Ular tijorat banklaridan mablag‘lar, yuridik shaxs va jismoniy shaxs-taʼsischilardan qarz mablag‘larini jalb etishga haqli.
Markaziy bank saytida O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan lombardlar ro‘yxati mavjud.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval banklararo tranzaksiyalar summasi 911 trln. so‘mni tashkil etishi va banklarga beriladigan kreditlar muddatini cheklash amaliyoti bekor qilinishi haqida xabar berilagndi.
Cho‘lponoy Ahmedova







