Professional boks kechasida o‘zbekistonlik murabbiyning shogirdi g‘alaba qozondi
Bobur Najmiddinov Jahon chempionini tayyorlagan ilk o‘zbekistonlik murabbiyga aylandi.


Kecha Janubiy Koreyaning Seul shahrida professional boks kechasi o‘tkazildi.
"Cocybuffalo Promoutions" promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan oqshomning markaziy jangi ayollar yengil vazn toifasida o‘tkazildi. Unda yaponiyalik Etsuko Tada o‘ziga tegishli WBO kamarini vetnamlik Txu Nxi Nguyandan himoya qildi.
10 raundga mo‘ljallangan jangda vetnamlik daʼvogar bokschi tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini Toshkent va Yangiobodda o‘tkazgan edi. Uning murabbiyi Bobur Najmiddinov hisoblanadi. Jang hech kim kutmaganda vetnamlik bokschining ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi.
Ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongan Txu Nxi Nguyan Vetnam tarixidagi birinchi Jahon chempioni bo‘lishga erishdi. Bobur Najmiddinov esa Jahon chempionini tayyorlagan ilk o‘zbekistonlik murabbiyga aylandi.
Jamshidbek Amirov







